Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi Malini tark etganini e’lon qildi

“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi Malini tark etganini e’lon qildi

"Malidagi “vagnerchilar” 3,5 yil ichida asosiy missiyani bajardi, mahalliy vatanparvarlarga o‘z yerlarini himoya qilishga qodir bo‘lgan kuchli va intizomli armiyani tuzishda yordam berdi", deyiladi “Vagner”ning Telegram-kanalida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Malida tuareglarning qurolli guruhi “vagnerchilar” va hukumat qo‘shinlari kolonnasini tor-mor etgan edi. Mali hukumati bunga Ukraina maxsus xizmatlari aloqadorligini va Kiyev bilan diplomatik munosabatlarni uzganini ma’lum qilgandi. Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi ushbu hujumga aloqadorligini dastlab tasdiqladi, ammo keyin buni rad etdi.

Afrika “Vagner” bo‘linma sifatida mavjud bo‘lgan yagona hudud bo‘lib qolmoqda. Rossiyada mazkur tuzilma uning sobiq rahbari Yevgeniy Prigojinning muvaffaqiyatsiz isyonidan keyin de-fakto yo‘q qilindi (de-yure hech qachon mavjud bo‘lmagan). “Vagner”ning sobiq yollanma askarlari Rossiya armiyasi va Rosgvardiyaning turli bo‘linmalari o‘rtasida taqsimlangan yoki guruhni tark etgan.

Kiritildi: 08:46 07.06.2025. O'qildi: 548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!