O‘zbekistonda hukumat qarori bilan 2025 yil 1 maydan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarni bojsiz olib kirishning yangi normalari kuchga kiradi. Bojxona qo‘mitasi ushbu qaror qabul qilinishining zaruratini tushuntirdi.
Qo‘mita xabarida ta’kidlanishicha, dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning soha va tarmoqlarga jiddiy ta’siri sezilmoqda. Xalqaro siyosat va iqtisodiyotdagi o‘zgaruvchan munosabatlar, turli tarif va cheklovlar barcha davlatlar qatori O‘zbekistonga ham zanjirli ta’sir ko‘rsatib, jahon iqtisodiyotining sekinlashishi va xalqaro savdo kamayishiga olib kelmoqda.
Xalqaro savdo hajmi 3,5 trillion dollarga qisqarib, dunyodagi inflyasiya darajasi 7,5-8 foizga ko‘tarilishi prognoz qilinayotgan bir vaqtda O‘zbekiston o‘z kuchi va ichki imkoniyatlariga tayanib dadil qadam tashlamoqda.
Shu boisdan jahon iqtisodiyotidagi keskin o‘zgarishlar, tashqi xatarlar va global raqobat sharoitida milliy ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarni samarali qo‘llab-quvvatlash, ichki bozorda adolatli raqobat muhitini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 19 aprel kuni “Ayrim turdagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deyiladi qo‘mita xabarida.
Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirish tartibidagi yangi o‘zgarishlar
Qaror bilan 2025 yil 1 maydan e’tiboran jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarni bojsiz olib kirish normalari quyidagi miqdorlarda belgilandi: