Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

V yoshlar Para Osiyo o‘yinlari g‘oliblari tantanali kutib olindi

A A A
V yoshlar Para Osiyo o‘yinlari g‘oliblari tantanali kutib olindi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, tarixiy natija qayd etgan O‘zbekiston sport delegasiyasi vatanimizga qaytib keldi.

Delegasiya a’zolari poytaxtimizdagi «Humo» Toshkent xalqaro aeroportida rasmiylar tomonidan tantanali ravishda kutib olindi. Kutib olish marosimida sport jamoatchiligi vakillari, sport faxriylari, ommaviy axborot vositalari hamda muxlislar ishtirok etdi.

Ta’kidlash joiz, mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston yosh para sportchilari yuksak natija ko‘rsatib, 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi hamda 35 ta davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Ushbu natija mamlakatimizda para sportni rivojlantirishga qaratilayotgan tizimli islohotlar, sportchilarga yaratilayotgan sharoitlar va murabbiylar mehnatining amaliy samarasidir.

Kiritildi: 23:05 14.12.2025. O'qildi: 533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!