Ba’zi xususiy kompaniya hamda banklar havo sifatini monitoring etuvchi datchiklarni joylarga o‘rnatishga kuch berishmoqda.
Uzum va Kapitalbank «Havodek zarur» loyihasi orqali davlatning havo sifatini nazorat qilish va saqlash sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq ajoyib tashabbusni olg‘a surmoqda.
Yil davomida Uzum va Kapitalbank loyihaga kompaniyalar byudjeti va aksiyadorlarning shaxsiy mablag‘laridan 100 ming AQSh dollar miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirgan.
Sinov davrida Uzum va Kapitalbank ofislarida, butun O‘zbekiston bo‘ylab Uzum Market milliy marketpleysining buyurtma tarqatish punktlarida, shuningdek, bankning filiallarida 30 ta IQ Air havo monitoringi datchiklari o‘rnatiladi. Yil davomida datchiklar mamlakatning barcha hududlarida 50 dan ortiq aholi punktlarida paydo bo‘ladi.
Ular joriy yilning bahorida respublika bo‘ylab keng masshtabda daraxt ekishi hashar ishlarini ham o‘tkazishar ekan. Ekilgan daraxtlarning koordinatalari Ekologiya vazirligiga ular haqidagi ma’lumotlarni yagona raqamli «Yashil makon» platformalariga kiritish uchun topshiriladi.