O‘zbekistonda telekommunikasiya sohasi jadal rivojlanmoqda. Bu o‘zgarishlarning markazida mamlakatdagi eng yirik operator, zamonaviy raqamli infratuzilmaning asosiy tayanchi hisoblanuvchi UZTELECOM turibdi.
Bugun Kompaniya 12 milliondan ortiq abonentni yuqori sifatli aloqa bilan ta’minlab kelmoqda.
2024 yil yakuniga ko‘ra, 12 million abonent. Bu oddiy raqam emas, bu – barqarorlik, sifat va tezlik asosida tanlov qilgan millionlab odamlarning ishonchi. Bu – butun soha rivoji uchun asos bo‘layotgan ishonch va ambisiyaning aksidir.
UZTELECOM mamlakatning raqamli xaritasini o‘zgartirayotgan yirik loyihalarni amalga oshirmoqda:
▪️ 2024 yil yakuniga ko‘ra, 290 000 km dan ortiq optik tolali aloqa tarmoqlari qurildi — bu masofa Yer sharini yetti marta aylanib chiqishga teng demakdir. Aloqa tarmoqlari yirik shaharlardan tortib eng olis qishloqlargacha, hatto ilgari mobil aloqa mavjud bo‘lmagan hududlargacha yetkazildi.
▪️ 96% dan ortiq xonadonlar optik Internet bilan qamrab olingan. Tezkor Internet Toshkent ko‘chalaridan tortib tog‘li hududlargacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan to Farg‘ona vodiysigacha yetib borgan. Kecha aloqa bo‘lmagan joylarda bugun – 4K video, videoqo‘ng‘iroqlar va «aqlli» uylar mavjud.
▪️ UZTELECOM – MDHda butun mamlakat bo‘ylab 5G texnologiyasini joriy qilgan birinchi operator.
Natijada O‘zbekiston mintaqada beshinchi avlod mobil aloqa tarmog‘i imkoniyatlaridan to‘liq foydalana oladigan ilk davlatga aylandi.
▪️ 2024 yilda Kompaniya 5.5G texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi, dunyodagi uchta yetakchi operator qatoriga kirib, kelajak aloqasini ilk bor tajribadan o‘tkazdi. Bu esa yanada yuqori o‘tkazuvchanlik, minimal kechikish va sun’iy intellekt asosidagi tarmoq deganidir.
________________________________________
Xalqaro e’tirof:
Mobile World Congress 2024 xalqaro ko‘rgazmasida, Barselonada, UZTELECOM Internet sifati bo‘yicha dunyo yetakchisi Ookla® kompaniyasining nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi.
🔹 O‘zbekiston bo‘yicha eng tezkor mobil tarmoq operatori deb e’tirof etildi.
🔹 Speed Score™: 36.96 – mamlakat bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich. Bu – foydalanuvchilar haqiqiy tez, barqaror va zamonaviy aloqa xizmatidan foydalanayotgani degani.
________________________________________
UZTELECOMning raqamli ekotizimi – bu:
Zamonaviy ma’lumotlar markazlari, bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt va Big Data asosidagi servislar, 112 xizmati, aqlli videokuzatuv va interaktiv TV.
Kompaniya VoLTE va VoWiFi texnologiyalarini joriy qilgan, kiberxavfsizlik yo‘nalishini rivojlantirmoqda, dunyoning IT-servislarni mahalliylashtirayotgani, fintech platformalar, raqamli kutubxonalar va jahon bozoriga mo‘ljallangan o‘yin mahsulotlarini yaratayotgani bilan ajralib turadi.
________________________________________
Bu natijalarning ortida nafaqat investisiya va texnika, balki butun mamlakat bo‘ylab mehnat qilayotgan 17 000 nafar mutaxassis, 24/7 ishlaydigan texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati, minglab o‘quv dasturlari, dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalari bilan hamkorlik va davlatimiz tomonidan faoliyat maqsadlari aniq belgilab berilgan raqamli strategiya turibdi.
________________________________________
UZTELECOM – bu O‘zbekistonning raqamli rivojlanish lokomotivi.
Ertangi kun talablariga javob beradigan infratuzilma – hozirda to‘liq joriy etilgan.
Reklama huquqi asosida