Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

“O‘zstandart” agentligi: 14 turdagi import mahsulotlarining sifati kafolatlanmagan

“O‘zstandart” agentligi: 14 turdagi import mahsulotlarining sifati kafolatlanmagan

O‘zbekistonga belgilangan me’yor talablariga nomuvofiq, sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning kirib kelish holatlari mavjud. 2017-2018 yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslardan “O‘zstandart” agentligiga 277 dan ortiq, Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga esa 3 mingdan ortiq mahsulot sifati ustidan shikoyat murojaatlari kelib tushdi, deb xabar qilmoqda “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati.

52,5 mlrd so‘mlik mahsulot talablarga javob bermagan

2018 yilda mahsulotlar muvofiqligini baholashda 52,5 mlrd. so‘m miqdordagi mahsulotlarning texnik reglamentlar talablariga va import mahsulot standartlarining majburiy talablariga nomuvofiqligi aniqlangan.

14 turdagi mahsulot sifati kafolatlanmagan

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida import mahsulotlari sinovlari jarayonida jami miqdori 2,9 mlrd. so‘m bo‘lgan 14 turdagi mahsulot bo‘yicha 20 holatlarda belgilangan normalarga nomuvofiqligi aniqlangan.

  • Konservalangan no‘xat – 320 mln.so‘m,
  • nok sharbati – 147 mln.so‘m,
  • avtomobil shinalari – 500 mln.so‘m (barchasi XXR),
  • palma yog‘i – 692 mln.so‘m (500 mln.-Qozog‘iston va 192 mln. Malayziya),
  • pista yog‘i – 376 mln.so‘m (Rossiya),
  • gaz ballonlari – 148 mln.so‘m (Armaniston) va h.k.

AQShda 5 ming odam zaharlanishdan o‘lgan

Ma’lumot uchun, Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, har yili rivojlangan mamlakatlarning deyarli 30% aholisi oziq-ovqatdan zaharlanish bilan bog‘liq kasalliklardan aziyat chekadi. AQShda har yili oziq-ovqat bilan bog‘liq 76 millionga yaqin kasallanish holatlari qayd etilgan. Ulardan 325 ming holatida shifoxonaga yotish va 5 ming holatda o‘limga olib kelgan.

Kiritildi: 07:30 30.09.2019. O'qildi: 2120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!