Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zRVB a’zolari qatoriga 4 ta brokerlik kompaniyasi qo‘shildi

A A A
O‘zRVB a’zolari qatoriga 4 ta brokerlik kompaniyasi qo‘shildi

“O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ (O‘zRVB) 4 ta yangi brokerlik kompaniyasini “V” toifasi bo‘yicha birja a’zosi sifatida qabul qildi:

🔘“Leader Finance Capital”;
🔘“Premium Finance”;
🔘“Satori Capital”;
🔘“Toshkent Investitsiya Majmui”.

✔️“V” toifasi O‘zRVB a’zolariga birja savdolarida ishtirok etish va davlat qimmatli qog‘ozlari (DQQ) bozorida operasiyalarni amalga oshirish, shu jumladan REPO bo‘yicha bitimlarni tuzish imkonini beradi.

✔️Yangi a’zolarni hisobga olgan holda, O‘zRVB savdo ishtirokchilarining umumiy soni 42 taga yetdi.

❌ Eslatib o‘tamiz, O‘zRVB a’zoligi uchun to‘lov talab etilmaydi (https://www.uzrvb.uz/uz/press-center/yangilik-va-habarlar/zrvb-azolari-atoriga-4-ta-brokerlik-kompaniyasi-shildi.htm).

✔️O‘zRVB a’zoligi tufayli mamlakatimizning fond bozori brokerlari DQQ bozoridagi ishtirokini kengaytirish va birja mahsulotlarining keng assortimenti taqdim etilgan bozorda likvidlikni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kiritildi: 16:19 02.02.2024. O'qildi: 1373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!