Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Uzoq umr ko‘rish nimalarga bog‘liq bo‘ladi?

Uzoq umr ko‘rish nimalarga bog‘liq bo‘ladi?

So‘nggi 100 yil ichida tibbiyot taraqqiyoti va turmush tarzining yaxshilanishi tufayli insoniyatning umr ko‘rish davomiyligi oshdi. Hozirda o‘rtacha umr ko‘rish AQShda taxminan 84 yosh, Yaponiyada esa 86 yoshni tashkil qiladi.

Olimlar uzoq umr ko‘rishning bir qancha omillari borligini ta’kidlaydilar:

Jins. Odatda, erkaklarga qaraganda ayollarning o‘lim darajasi har qanday yoshda past. Ya’ni, ular o‘rtacha 7-10 yil ko‘proq yashaydi. Ba’zi tadqiqotlar bu farqni qisman erkaklarning xavfli xulq-atvori bilan bog‘laydi. Bu esa ular orasida baxtsiz hodisalarning ortishiga olib kelishi mumkin.

Genetika. Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, irsiyat o‘limning 10 ta asosiy sabablaridan to‘qqiztasida muhim rol o‘ynashi mumkin. Masalan, quyidagi xastaliklarda:

yurak kasalliklari;
saraton;
surunkali pastki nafas yo‘llari kasalliklari;
insult yoki serebrovaskulyar xastalik;
Alsgeymer;
qandli diabet;
buyrak kasalliklari.

Prenatal va bolalar kasalliklari. Bachadonda, tug‘ilish payti va juda erta bolalikdagi noqulay sharoitlar, hatto, keksalikda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.

Moliyaviy holat. U tushgan sari umr ko‘rish davomiyligi ham pasayadi. Chunki bu omil qanchalik yuqori bo‘lsa inson shunchalik o‘z sog‘ligi haqida qayg‘uradi, vaqtida shifokor qabulida bo‘lib, kasalliklarni oldini oladi, sog‘lom turmush tarzi bilan shug‘ullanishga ham imkon topadi. Natijada ko‘proq jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadi, kamroq chekadi va o‘zi uchun normal bo‘lgan vaznni saqlashga harakat qiladi. Bunday sog‘lom turmush tarzi orqali umr davomiyligi ham oshadi.

Oilaviy ahvol. Turli tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, nikoh yoki uzoq muddatli munosabatlar yurak holatini yaxshilashi, ruhiy salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan izolyasiya va yolg‘izlikdan halos bo‘lishga yordam beradi. Shuningdek, bu omil odamlarni shifokor ko‘rigidan muntazam ravishda o‘tib turish va yomon odatlardan voz kechish kabi sog‘lom tanlov qilishga undaydi.

Hayot tarzi. O‘limga ta’sir qiluvchi turmush tarzi omillari orasida noto‘g‘ri ovqatlanish, kam harakatlanish, tamaki va spirtli ichimliklarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish, xavfli xatti-harakatlar, ish joyidagi va transport vositalaridagi xavfsizlik kiradi.

Shuningdek, bugungi kunda o‘limga ta’sir qiluvchi asosiy turmush tarzi omili semirishdir. Dunyoda katta yoshli insonlarning qariyb 5 foizi ushbu muammodan aziyat chekadi, deb hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 1962 yilda taxminan 1 foizni tashkil qilgan. Bundan tashqari, hozirda katta yoshli aholining qariyb 70 foizi ortiqcha vaznga ega (1962 yilda 46 foiz bo‘lgan).

Tibbiy texnologiyalar. Tibbiyotdagi yutuqlar umr ko‘rish davomiyligini oshirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Antibiotiklarning yaratilishi va emlashning joriy qilinishi, shuningdek jarrohlik, kardiologik yordam va organlar transplantasiyasining takomillashtirilishi umr ko‘rish davomiyligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Kiritildi: 09:45 11.09.2024. O'qildi: 1703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!