Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zLiDeP Konstitusiyaga o‘zgartirish kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqdi

O‘zLiDeP Konstitusiyaga o‘zgartirish kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqdi

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) deputatlari Konstitusiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqishdi. Taklif partiyaning Qonunchilik palatasidagi navbatdagi yig‘ilishida bildirildi.

Ta’kidlanishicha, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasidagi maqsadlar ularni amalga oshirishga zarur huquqiy asosni ta’minlovchi konstitusiyaviy makonni yanada takomillashtirish ehtiyojini kun tartibiga olib chiqmoqda.

“Shu sababli, bugun Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida deputatlar Bosh qomusimiz – Konstitusiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqishdi”, - deyilgan xabarda.

Bu borada fraksiya a’zolari Konstitusiyani bugungi real voqelikka moslashtirish, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi uchun yanada mustahqam huquqiy poydevor yaratish bo‘yicha o‘zlarining aniq pozisiyalarini ma’lum qilishdi.

Konstitusiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilayotgan tashabbus “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan qo‘shma yig‘ilishda muhokamaga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 6 noyabr kuni ikkinchi muddatga prezident sifatida qasamyod qabul qilgan Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida mamlakatda konstitusiyaviy islohotlarni amalga oshirish xususida to‘xtalgan edi. Keyin davlat rahbari 8 dekabr kuni xalqqa Konstitusiya qabul qilinganining 29 yilligi munosabati yo‘llagan tabrigida taklif etilayotgan o‘zgartirishlarni sanab o‘tgan edi.

Kiritildi: 11:59 16.05.2022. O'qildi: 3345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!