Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zini organ xodimi deb yurgan firibgar qo‘lga tushdi

O‘zini organ xodimi deb yurgan firibgar qo‘lga tushdi

Toshkent viloyati Olmaliq shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini organ xodimi deb tanishtirib yurgan firibgar qo‘lga olindi.

Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Xabarda qayd etilishicha, joriy yilning 5 mart kuni fuqaro D.M. Olmaliq shahar IIBga murojaat qilib, fuqaro T.I.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘raydi.

Ariza mazmuniga ko‘ra, fuqaro T.I. shahar IIBda ishlovchi tanishi orqali D.M.ning voyaga yetmagan farzandi uchun Voyaga yetmagan shaxsning xorijga chiqish pasporti ni qisqa muddatda rasmiylashtirib berishni va’da qilib, evaziga 3 million so‘m xizmat haqi so‘raydi. Fuqaro D.M.ni ushbu pullarsiz ishi bitmasligiga ishontirgan firibgar undan 1 million 500 ming so‘m oladi va shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.I.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘tkazilgan tezkor tergov harakatlari davomida ayblanuvchining boshqa jinoyatlari ham fosh etildi.

Aniqlanishicha, firibgarlikni o‘ziga kasb qilib olgan fuqaro T.I. boshqalarni IIBdagi tanishlari orqali har qanday masalani hal eta olishiga ishontirib, undan yordam so‘raganlarni chuv tushiradi.

Xususan, ulardan transport vositasini mastlik holatida boshqargani uchun jarima maydoniga qo‘yilgan avtomashinani olib chiqishi evaziga 300 AQSh dollari, belgilangan miqdordan ortiq yo‘lovchi olgan fuqaroga tuzilgan ma’muriy bayonnomani hech qanday jarima to‘lamagan holda hal qilishi evaziga 200 AQSh dollari, fuqaroga nisbatan olib borilayotgan surishtiruv ishini qisqa muddatda ijobiy hal qilish evaziga 2 million so‘m so‘raydi va ushbu mablag‘ning asosiy qismini qo‘lga kiritib, ehtiyojlari uchun ishlatadi.

Fuqaro T.I o‘zini boshqalarga DXX tezkor vakili lavozimida ishlashini aytib, fuqaroga nisbatan IIB tomonidan olib borilayotgan surishtiruv ishini qisqa muddatda ijobiy hal qilib berish evaziga 3 million 500 ming so‘m talab qiladi. Shuningdek, organ nomidan fuqaroga tegishli uyali aloqa vositasini olib qo‘yada va 400 ming so‘mga sotib yuboradi.

O‘zA

Kiritildi: 17:12 20.04.2019. O'qildi: 1819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!