Ta’kidlanishicha, bunga ob-havo haroratining nisbatan iliqlashishi fonida atmosferada inversiya jarayonlari yana faollashayotgani sabab bo‘lmoqda.
Mazkur jarayon respublikaning ko‘plab hududlarida ertalab, kechqurun va tungi soatlarda atmosferaning pastki qatlamlarida havo almashinuvining cheklanishiga olib kelmoqda.
Respublika bo‘ylab iliq ob-havo va inversiya jarayoni dastlabki prognozlarga ko‘ra shu haftaning oxirigacha saqlanib turadi.