Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

“O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘iga o‘rinbosarlar tayinlandi

A A A
“O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘iga o‘rinbosarlar tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘iga o‘rinbosarlar tayinlandi.

Behzod Boxodir o‘g‘li Sobirov — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (“O‘zenergoinspeksiya”) boshlig‘ining neft va gaz masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

B.Sobirov ushbu tayinlovga qadar “O‘zenergoinspeksiya”ning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Xurshidjon Musajonovich Eshqo‘ziyev — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining elektr energetikasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

X.Eshqo‘ziyev ushbu tayinlovga qadar “O‘zenergoinspeksiya”ning Nazorat tadbirlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Kiritildi: 17:37 23.10.2023. O'qildi: 1395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!