Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Uzcard plastik kartochkalari orqali valyuta olish imkoniyati paydo bo‘ladi

Uzcard plastik kartochkalari orqali valyuta olish imkoniyati paydo bo‘ladi

Yagona umumrespublika prosessing markazi hamda UnionPay International o‘rtasida kobeydjing kartalar chiqarilishiga tegishli shartnoma imzolandi. Kelishuv markazimiz vakillarining Xitoy Respublikasiga tashrifi doirasida amalga oshirildi, deb xabar bermoqda markaz axborot xizmati.

Kun nashrining yozishicha, Uzcard va UnionPay International kelishuvning asosiy maqsadlaridan biri kobeydjing kartalar ishlab chiqarilishiga a’zo bo‘lgan bankni aniqlash bo‘lib, unga ko‘ra, Aloqabank tomonidan UnionPay International xalqaro to‘lov tizimini qo‘llab-quvvatlovchi ilk kobeydjing kartalari chiqarilishi belgilab o‘tildi , ​ deyiladi axborotda.

Bundan avval, O‘zbekiston hududida 1 iyuldan boshlab kobeydjing kartalari ishlab chiqarilishini e’lon qilgandi.

Ikki kompaniya o‘rtasida imzolangan kelishuvga binoan endilikda ikki to‘lov tizimlariga xizmat ko‘rsatuvchi kobeydjing kartalari UzCard yagona to‘lov tizimida mamlakatimiz hududida ham xizmat ko‘rsatadi, ham uning tashqarisida UnionPay International to‘lov tizimi doirasida to‘lovlarni qabul qilishi nazarda tutilgan.

Ma’lum qilinishicha, markaz mutaxassislari tomonidan barcha POS-terminallarning dasturiy ta’minotini qayta o‘rnatish yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Demak, yaqin kunlarda barcha POS-terminallar UnionPay International xalqaro kartalarini ham qabul qilishni boshlaydi.

Bugungi kunga kelib, UzCard plastik kartasini qabul qiluvchi barcha bankomatlar sertifikasiyadan o‘tib, UnionPay kartalariga xizmat ko‘rsatishga tayyorlanmoqda , deydi markaz vakili.

Bundan tashqari, markaz bosh direktori Ahror Mahmudov​ning ta’kidlashicha, shu bilan tez orada konvertasiyaga ehtiyoj qolmaydi. Chunki, Uzcard kartochkalari orqali bemalol valyuta yechib olish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Kiritildi: 17:34 11.03.2019. O'qildi: 2075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!