O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining yangi tahriri 2023 yil 1 maydan e’tiboran kuchga kirdi. Bunga 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijasiga ko‘ra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos bo‘ldi. Bu qonunning 1-moddasiga Konstitusiyaning yangi tahriri ilova qilingan.
Bunga qadar 1992 yildan buyon konstititusiyaga jami 15 marta o‘zgartish kiritilgan edi. Bu safar esa o‘zgarishlar ko‘lami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilindi. Yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman, rasmiylarga ko‘ra, konstitusiya 65 foizga yangilangan.
Quyida Kun.uz nazaridagi eng muhim o‘nta yo‘nalishda ro‘y bergan o‘zgarishlar hujjatdagi ketma-ketlik bo‘yicha keltirib o‘tiladi.
1. O‘zbekiston – huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat
Konstitusiyaning 1-moddasidagi “O‘zbekiston – suveren demokratik respublika” jumlasi quyidagicha o‘zgartirilmoqda:
Boshqaruvning respublika shakli – davlat hokimiyatining oliy organlari xalq tomonidan muayyan muddatga saylanishini anglatadi.
Suveren davlat – o‘z hududida to‘la-to‘kis mustaqil hukmronlik va mutlaq yurisdiksiyaga ega bo‘lish demakdir.
Demokratiya esa xalq hokimiyatini ifoda etib, davlat boshqaruvida saylanish va o‘z vakillarini saylash orqali barchaning teng huquqli ishtiroki ta’minlanishini ko‘zda tutadi.
Huquqiy davlatda barcha jarayonlar qonuniy asoslar ustiga quriladi, davlat xizmatchilaridan huquq doirasida fikrlash, barcha masalalarga huquqiy ko‘z bilan qarash talab etiladi. Qolaversa, huquqiy davlatda barcha fuqarolar qonun oldida teng bo‘ladi, davlat hokimiyatining oliy organlari ham qonunlarga bo‘ysunadi va qonunlarning muqarrar ijrosini ta’minlaydi.
O‘zbekiston o‘zini ijtimoiy davlat deb e’lon qilishi bilan, har bir fuqarosiga munosib turmush kechirishi uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini olmoqda. Bu – mavjud resurslarni ijtimoiy adolat tamoyillari asosida taqsimlash, jamiyatda kuchli tabaqalanish avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik, eng zaif qatlamlar uchun ham sifatli ta’lim va tibbiyot kafolatlanishi, samarali ijtimoiy himoya dasturlari ishlashi, imkoniyati cheklangan va qo‘llovga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, adolatli mehnat qonunchiligi va jozibador pensiya tizimi kabilarni anglatadi. Oddiyroq aytganda, eng kambag‘al oilaning bolalarida ham sog‘-salomat o‘sib-ulg‘ayib, yaxshi ta’lim olib, farovonlikka erishish imkoniyati bo‘lishi kerak.
Dunyoviy davlatda davlat va din bir-biridan ajratilgan bo‘ladi. Davlat diniy e’tiqodidan qat’i nazar barchaga bir xil munosabatda bo‘ladi, dinga oid masalalarda neytral pozisiyani egallaydi.
Yangi konstitusiyaning 154-moddasi bilan, 1-moddadagi qoidalarni qayta ko‘rib chiqish mumkin emas, deb belgilandi. Xuddi shuningdek, 154-moddaning o‘zidagi aynan shu qoidaga oid band ham qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emas.
Boshqacha aytganda, bu norma – O‘zbekiston hech qachon demokratiyadan voz kechmasligi, huquqiy davlatchilikka sodiqligi, monarxiyaga yoki islomiy respublikaga aylanmasligini nazarda tutadi.
2. Konstitusiya to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi
15-moddaga quyidagicha qo‘shimcha qo‘shildi:
Konstitusiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi fuqarolarga nafaqat qonunlar, balki bevosita konstitusiyadagi normalarga ham asoslangan holda ish olib borishga, xususan sudga murojaat qilishga imkon beradi.
Referendumda qabul qilingan qonunga binoan, Oliy sud 3 oy ichida tegishli Plenum qarorini qabul qilishi kerak. Bu qaror asosida sudlar tomonidan konstitusiya normalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat sifatida qo‘llash yuzasidan yagona sud amaliyoti joriy etiladi.
3. Imtiyozlar qonunda yozib qo‘yilishi shart emas
Yangi konstitusiyaning 19-moddasi (avvalgi 18-modda) – fuqarolarning jinsi, millati, mavqeyi va hokazolardan qat’i nazar qonun oldida tengligi haqida. Bu moddaning 2-qismi quyidagicha o‘zgarmoqda:
Bu bilan konstitusiyaning amalda ishlamay kelgan normalaridan biri real voqelikka moslashtirilmoqda. Amaliyot shundayki, turli jabhalardagi imtiyoz va preferensiyalar nafaqat qonunlar asosida, balki ko‘p holatlarda qonunosti hujjatlar – qaror va farmonlar asosida berib kelinyapti.
4. Barcha noaniqliklar – inson foydasiga
Konstitusiyaning yangi tahririga asosan:
Ijtimoiy munosabatlar cheksiz shakllarga ega, ularni normativ-huquqiy hujjatlarda to‘liq kodifikasiya qilib chiqish amalda imkonsiz.
Endilikda, qonunchilikda aniq belgilab qo‘yilmagan masalalarda ziddiyat yuzaga kelsa, masala inson foydasiga hal etiladi.
Bundan tashqari, turli hujjatlarni yuritishda davlat organlari tomonidan xato-kamchilik o‘tgan taqdirda, masalan pensiya tayinlashda tegishli hujjatlar bazadan topilmay, noaniqlik yuzaga kelganida ham vaziyat fuqaro foydasiga hal etilishi kerak.
5. Inson huquqlari ijtimoiy axloq va jamoat tartibini saqlash maqsadida cheklanishi mumkin
Huquq va erkinliklarning cheklanishi masalasi avvalgi konstitusiyada quyidagi ikkita norma bilan tartibga solingan edi:
Konstitusiyaning yangi tahririda yuqoridagi ikkita norma deyarli o‘zgarishsiz saqlab qolindi. Shu bilan birga, quyidagicha yangi norma qo‘shildi:
Cheklovlar bo‘yicha bu me’yorlar so‘z erkinligi huquqiga ham tegishli. Ya’ni axborot izlash, olish va tarqatish huquqi faqat konstitusiyaviy tuzumni, aholi sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligi va tartibini ta’minlash, davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning oshkor etilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida cheklanishi mumkin.
Ta’kidlash lozim, “ijtimoiy axloq” tushunchasi O‘zbekiston qonunchiligiga hozircha kiritilmagan. Mazkur modda bo‘yicha inson huquqlari “jamoat tartibini ta’minlash maqsadida” cheklanishi bo‘yicha ham vakolatli organning huquqiy sharhiga zarurat bor.
6. O‘qituvchilar alohida e’tirofda
Konstitusiyaga o‘qituvchilar haqida yangi modda qo‘shildi. U ikki banddan iborat:
Shu tariqa, ustozlar huquq sohasi vakili bo‘lmagan, lekin oliy qonunda alohida tilga olingan yagona kasb egalariga aylandi. Konstitusiyada nomi keltirilgan o‘qituvchilardan boshqa kasb egalarining barchasi – huquq sohasi vakillari (sudyalar, prokurorlar va advokatlar). Boshqa holatlarda kasb egalari emas, sohalar haqida gap ketgan (masalan, ommaviy axborot vositalari, turli jamoat birlashmalari).
7. Yer xususiy mulk bo‘lishi mumkin
O‘zbekistonda 2022 yildan e’tiboran qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish boshlangan. Shu bilan deyarli bir vaqtda, o‘tgan yili e’lon qilingan yangi konstitusiya loyihasining birlamchi versiyasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni xususiylashtirish mumkin emasligiga ishora qilingan edi. Yakuniy talqindan bunday cheklov olib tashlandi va yerni xususiylashtirishga oid norma quyidagicha shaklga keltirildi:
Bosh qomusning o‘tgan yili e’lon qilingan birinchi loyihasida unga quyidagicha jumlani kiritish taklif etilgan edi: “Iqtisodiy faoliyatda insofsiz raqobatga, monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi”. Yakunda bu boradagi normalar quyidagicha ko‘rinish oldi:
Shuningdek, hujjatning birlamchi loyihasida mavjud bo‘lgan: “Xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi” degan norma ham oxir-oqibat konstitusiyaga kiritilmadi.
8. OAV faoliyatiga to‘sqinlik qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi
Avvalgi konstitusiyaning “Ommaviy axborot vositalari” nomli bobi bitta moddadan iborat edi. Unda shunday deyilgandi: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi”.
Yangi konstitusiyaga ko‘ra, bu bob ikkita moddadan iborat bo‘ldi:
Asosiy yangilik – OAV faoliyatiga to‘sqinlik uchun javobgarlik konstitusiya darajasida belgilandi. MJtK va Jinoyat kodekslariga tegishli javobgarlik kiritilishi haqida 4-5 yildan beri gapirib kelinadi, lekin ularning barchasi og‘izda va qog‘ozda qolib ketmoqda.
Endilikda, referendumda qabul qilingan qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi qonunchilikni yangi konstitusiyaga moslashtirish dasturini 2 oy muddat ichida ishlab chiqib, parlamentga kiritishi kerak.
9. Davlat boshqaruvidagi o‘zgarishlar. Prezidentning vakolat muddati 7 yil bo‘ldi
O‘zbekistonning yangi tahrirdagi konstitusiyasiga binoan:
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki martadan ortiq lavozimni egallashi mumkin emasligi haqidagi qoida, prezidentdan tashqari, Senat raisi, Qonunchilik palatasi spikeri, Oliy sud raisi va o‘rinbosari, Sudyalar oliy kengashining raisi va o‘rinbosari, Markaziy saylov komissiyasi raisi hamda bosh prokurorga nisbatan ham tatbiq etilmoqda. Hokimlar va kengashlar raislari bo‘yicha esa bu qoida surunkasiga ikki martadan ortiq aynan bitta viloyat, tuman yoki shaharda hokim yoki kengash raisi bo‘lishni cheklaydi; ya’ni bir shaxs surunkasiga ikki martadan ortiq turli hududlarda hokim yoki kengash raisi bo‘lishi mumkin.
Referendumda qabul qilingan qonunning 7-moddasi bilan, barcha darajadagi davlat mansabdorlarining ayni paytga qadar egallab kelgan muddatlari nollashtirildi. Ular lavozimlarini egallab kelayotganining surunkali muddatlari sonidan qat’i nazar, boshqa fuqarolar bilan teng ravishda xuddi shu lavozimlarga saylanish va tayinlanishga haqli, deb belgilandi.
10. Mahalliy davlat hokimiyatidagi o‘zgarishlar. Hokimlar kengash raisligidan ketadi
Mahalliy davlat boshqaruvida vakillik va ijro etuvchi organlar bir-biridan ajratilmoqda. Bu boradagi hozirgi tartib hokimiyatning bo‘linish va hokimiyat bo‘g‘inlarining o‘zaro tiyib turish prinsipiga zid. Bosh qomusning yangi tahririga asosan, bunga barham berilib, mahalliy kengashlar saylanadigan vakillik organlari, hokimliklar esa ijro organlari deb belgilanmoqda.
Shunga muvofiq, quyidagi sanalardan boshlab, hokimlarning kengashlarda raislik qilishiga barham beriladi:
Mahalliy kengashlar raislari kengash deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi. Hokimlar esa 5 yil muddatga tayinlanadi, tayinlangan hokimni kengashlar tasdiqlaydi. Shu tariqa, kengash raislari ham, hokimlar ham to‘g‘ridan to‘g‘ri aholi tomonidan saylanmaydi.
Kengashlarning vakolatlariga, jumladan, quyidagilar kiradi:
Hokimlarning vakolatlari esa, jumladan, quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Hokimlar va mahalliy kengashlarning faoliyatini tashkil etish tartibi bo‘yicha alohida qonunlar qabul qilinadi. Mahalliy masalalar bo‘yicha ularning vakolatlari qanday taqsimlanishi ana shu qonunlarda aks etadi.
***
Yuqoridagilardan tashqari, konstitusiyaga boshqa ko‘plab normalar ham qo‘shilgan, jumladan:
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev konstitusiya islohoti haqida 2021 yil 6 noyabr kuni, ikkinchi prezidentlik muddatiga kirishishi yuzasidan inaugurasiya marosimidagi nutqida birinchi marta aytib o‘tgan edi. Davlat rahbari o‘sha yili dekabr oyida, konstitusiya bayrami arafasida xalqqa yo‘llagan tabrigida: “konstitusiyani yangilashdek g‘oyat muhim, strategik vazifani hal etishda yetti marta emas, yetmish marta o‘ylash” zarurligini ta’kidlagan edi. 2022 yil may oyida konstitusiyaviy komissiya tuzilib, hujjatni yangilash jarayoni boshlandi.
Rasmiylarga ko‘ra, konstitusiya qabul qilingan kun sifatida bundan keyin ham 1992 yil 8 dekabr sanasi e’tirof etiladi, 8 dekabr – bayram sanasi o‘zgarmaydi.