Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatda ishonchli, mas’uliyatli va tashabbuskor hamkor sifatidagi mavqei mustahkamlanmoqda

O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatda ishonchli, mas’uliyatli va tashabbuskor hamkor sifatidagi mavqei mustahkamlanmoqda
O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov davlatimiz rahbarining BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasida ishtirok etish uchun Kaspiy bo‘yidagi Avazaga amaliy tashrifi O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarining o‘ziga xosligini yana bir bor tasdiqlashini ta’kidladi.
BMT konferensiyasi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning "Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" ordeni bilan taqdirlandi. Joriy yilda Gurbanguli Berdimuhamedovga O‘zbekistonning oliy mukofoti – "Oliy darajali Do‘stlik" ordeni topshirilgan edi. Bu ham ikki davlat o‘rtasidagi hurmatning yuksak darajasini anglatadi.
Darvoqe, so‘nggi yillarda Prezidentimiz qo‘shni va dunyodagi yetakchi davlatlarning bir qator nufuzli mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Qozog‘istonning "Oltin qiran" va "Do‘stlik", Qirg‘izistonning "Danaker", Tojikistonning "Zarrintoj", Rossiyaning Aleksandr Nevskiy, Fransiya Faxriy legioni, Turkiyaning "Respublika" ordenlari, Turkiy dunyoning oliy ordeni, MDH faxriy nishoni, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining faxriy nishoni va boshqalar shular jumlasidan.
Albatta, bu mukofotlarning har biri faqatgina Prezident Shavkat Mirziyoyevning faoliyatiga berilgan baho emas. Ularning ortida davlatimiz rahbarining hamkasblari, hamkor mamlakatlar yetakchilari bilan birgalikdagi samarali mehnati turadi. Ana shunday hamjihatlik tufayli Markaziy Osiyo bugun raqobat emas, balki hamkorlik makoniga aylanib borayotganida ularning ham xizmatlari beqiyos.
Umuman olganda, bu mukofotlar O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatda ishonchli, mas’uliyatli va tashabbuskor hamkor sifatidagi mavqei mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosat strategiyasi balandparvoz bayonotlarga emas, balki aniq amaliy harakatlarga: o‘zaro kelishuvlar, qo‘shma loyihalar, ochiq chegaralar, yangi transport yo‘laklari va muloqot maydonlariga tayanadi. Bularning barchasi – xalqimiz hayotini yaxshilash va farovonligini yukslatirish uchun.
Shu nuqtai nazardan, Turkmaniston ordenining berilishi rasmiyatchilik emas, balki O‘zbekistonning mintaqada barqarorlik va hamkorlikni ta’minlashdagi faol va konstruktiv pozisiyasining e’tirofidir. Bu shunchaki mukofot emas, balki global beqarorlik, ishonch taqchilligi va xatarlar fonida O‘zbekiston va uning hamkorlari mintaqada yaratayotgan barqaror muhit katta qadriyatga aylanayotganiga ishora. Ana shu barqarorlikni kim ta’minlayotgan bo‘lsa, uning mehnati munosib e’tirofga loyiq.
Tashrifning yana bir ta’sirli lahzasi Arqadag‘ Turkmanistonda shakllangan protokol tartib-qoidalaridan chetga chiqib, Prezidentimizni aeroportda shaxsan kuzatib qo‘ygani bo‘ldi. Bu o‘zaro hurmatga asoslangan samimiy va do‘stona munosabatlarning, xalqlarimiz o‘rtasidagi chinakam qardoshlik rishtalarining bebaho namunasidir.
Kiritildi: 15:12 06.08.2025. O'qildi: 759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!