Keyingi yillarda mamlakatimizda veterinariya sohasiga shunchaki agrar tizimning quyi bo‘g‘ini sifatida emas, balki iqtisodiyotning drayver yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda.
Buning negizida olib borilayotgan islohotlarning samarasi o‘laroq yuzaga kelgan mukammal amaliyot tizimi yotibdi. Soha nafaqat epizootik va epidemik barqarorlikni ta’minlaydigan, balki aholiga barqaror xizmat ko‘rsatuvchi iqtisodiy jozibador yo‘nalish sifatida namayon bo‘la boshladi.
Hayvondan odamga yuqadigan kasalliklarni jilovlashdagi yangicha yondashuvlar, yovvoyi qushlar migrasiyasi sabab kirib keladigan kasalliklar xavfini yumshatishdagi tajribalar, shuningdek, chorva mahsulotlarini aholi dasturxoniga xavfsiz yetkazish bo‘yicha mukammal tizim yaratilganligi e’tiborga molik. Bu mamalakatimizning sohada MDH davlatlari orasida peshqadam bo‘lishini ta’minladi.
Mamlakatimizda veterinariya ta’limni rivojlantirish, uni bir paytning o‘zida amaliyotga integrasiya qilish, xalqaro standartlarni milliy tizimga tatbiq etish, ayniqsa, Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘lari va istiqbolli grant loyihalarini jalb etishdagi tajribalar xalqaro ekspertlar tomonidan yuksak e’tirof etildi.
Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon hayvonlar sog‘lig‘i tashkiloti assambleyasining 92-sessiyasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning veterinariya sohasiga ko‘rsatayotgan e’tibori va yaratilgan mukammal amaliyot tizimi alohida qayd etildi. Xalqaro tashkilot rahbari Emmanuel Subeyran xonim tomonidan O‘zbekistoning veterinariya sohasidagi tizimi va tajribasi dunyo davlatlariga istiqbolli yo‘nalish deya tavsiya etildi.
Anjuman davomida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilovga “Xizmatlari uchun” medali topshirildi.
Ta’kidlash kerak, ushbu mukofot birinchi marta MDH mintaqasidagi davlatga topshirilishi.
Ushbu e’tirof yurtimizning veterinariya sohasida xalqaro arenada nufuzi va salohiyati tobora yuksalib borayotganidan dalolat beradi.