Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonning uch hududida OTB mablag‘lari hisobidan agrokomplekslar quriladi

A A A
O‘zbekistonning uch hududida OTB mablag‘lari hisobidan agrokomplekslar quriladi

“Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) o‘rtasida “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini bosqichma-bosqich amalga oshirishni moliyalashtirish uchun 2019 yil 4 mayda yillik 2 foiz stavkada, shu jumladan, 5 yil imtiyozli davrga 25 yilda qoplash muddati bilan qiymati 197,0 mln AQSh dollari miqdoridagi qarz bitimi imzolangan.

Loyiha doirasida Toshkent, Andijon, Samarqand viloyatlarida yangi meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saralash, qadoqlash va saqlash, ushbu mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha agrologistika komplekslarini (agrokomplekslar) qurish nazarda tutilgan.

Qonunchilikka muvofiq xalqaro moliyaviy institutlarning qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida:

agarda ushbu loyihalar xalqaro va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari tomonidan 2020 yil 1 iyulga qadar ma’qullangan bo‘lsa, yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilishga doir aylanmaga qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i solinmaydi;

loyihani amalga oshirish davrida agrologistika markazlari tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlaridan istisno tariqasida to‘lanadigan yer va mol-mulk solig‘idan;

ushbu qarz mablag‘lari hisobidan yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar bojxona boji to‘lashdan ozod etiladi.

Loyihani amalga oshirish davri 6 yilni (2019 ― 2025 yillar) tashkil etadi.

Prezident qaroriga muvofiq Toshkent, Samarqand va Andijon viloyatlari hududlarida agrologistika kompleksini qurish uchun ajratilgan yer maydonlari qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazilsin.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “O‘zbekiston temiryo‘llari” agrologistika markazlarining temiryo‘l shoxobchalari va avtomobil yo‘llarini Andijon viloyati “Axtachi”, Toshkent viloyati “Jaloir” va Samarqand viloyati Jomboy tumani Urgut iqtisodiy zonasiga yaqin hududidagi 5-temiryo‘l shoxobchasi va stansiyalariga hamda avtomagistral yo‘llariga tutashish bo‘yicha loyihalash choralarini ko‘radi.

Kiritildi: 09:22 11.11.2023. O'qildi: 1355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!