Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonning sakkiz viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning sakkiz viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

Joriy yilning 8-11 may kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi xabar berdi.

Bildirilishicha, ushbu sanalarda yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sabab O‘zbekiston hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Quyidagi hududlarda istiqomat qiluvchi yoki o‘sha marshrutda safar rejalashtirgan fuqarolar ogohlikka chaqirilgan:

Qashqadaryo viloyati:

  • Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati:

  • Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;

Samarqand viloyati:

  • Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Jizzax viloyati:

  • Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati:

  • Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati:

  • Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati:

  • So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlari va Shohimardon hududida;

Andijon viloyati:

  • Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.

«Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Kiritildi: 05:54 08.05.2025. O'qildi: 496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!