Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonning PISA 2022 tadqiqotidagi natijalari e’lon qilindi

O‘zbekistonning PISA 2022 tadqiqotidagi natijalari e’lon qilindi

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Jahon banki va OECD tashkiloti hamkorligida O‘zbekistonning PISA 2022 tadqiqoti natijalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

❗️Mazkur tadbir PISA 2022 tadqiqoti natijalarining xalqaro darajada e’lon qilinishi munosabati bilan tashkil etildi.

Konferensiyani kirish so‘zi bilan vazir Hilola Umarova ochib berdi:

– Prezidentimiz tomonidan zamonaviy ko‘nikmalarga ega, keng dunyoqarashli zamonaviy kadrlar tayyorlash hamda ta’lim tizimini takomillashtirishdagi xalqaro integrasiya masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligi barchaga yaxshi ma’lum.

Bugun e’lon qilingan O‘zbekiston ta’lim tizimining PISA tadqiqotlaridagi ilk natijalarini oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishishdagi keyingi qadamlarimiz uchun juda muhim omil bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.

Albatta, sohada yutuqlarimiz qatorida ba’zi muammolarimiz ham bor, buni yashirmaymiz. Ammo niyatimiz ham, maqsadimiz ham shuki, biz bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solganmiz. Buning uchun malakali mutaxassislarimiz, mehnatkash ustoz-o‘qituvchilarimiz bilimi va salohiyatiga suyanamiz.
___________

➖ PISA 2022 tadqiqotida, O‘zbekistondagi 15 yoshli o‘quvchilar matematika fanidan jami 364 balni qo‘lga kiritdi.

❗️Mazkur yo‘nalishda o‘g‘il bolalar qizlarga qaraganda balandroq, maktablar joylashuvi bo‘yicha tahlil qilinganda shahar maktablari qishloq maktablaridan yaxshiroq natija qayd etdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, PISA 2022 tadqiqotda ustuvor yo‘nalish etib matematika belgilangan edi.

Kiritildi: 21:25 05.12.2023. O'qildi: 2559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!