Bugun 30 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonning JSTga a’zoligi yaqin 5-7 yil ichida YAIM qo‘shimcha 17 foizga o‘sishiga yordam berishi prognoz qilinmoqda

O‘zbekistonning JSTga a’zoligi yaqin 5-7 yil ichida YAIM qo‘shimcha 17 foizga o‘sishiga yordam berishi prognoz qilinmoqda

O‘zbekistonning JSTga a’zoligi yaqin 5-7 yil ichida YAIM qo‘shimcha 17 foizga o‘sishiga yordam berishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Vashington shahrida Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasining yillik yig‘ilishi doirasida Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti va Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘li: islohotlar va global integrasiya” mavzusida yuqori darajali davra suhbatida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi doirasida amalga oshirayotgan muhim islohotlari, shuningdek ko‘p-tomonlama savdo tizimi va global qo‘shilgan qiymat zanjirlariga qo‘shilish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomonidan Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va strategik islohotlarga hamda JSTga a’zolik ushbu tub o‘zgarishlarning ajralmas bir qismi ekanligiga urg‘u berib, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan maqsadlar va ularga erishish rejalari bilan tanishtirdi.

Yakunda davra suhbati ishtirokchilari islohotlar va integrasiya yo‘lidagi salmoqli muvaffaqiyatlarni qayd etib, 2026 yilda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonini yakunlash maqsadida hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini qayd etishdi.

Kiritildi: Bugun 16:27. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!