Kuvaytning arab tilidagi "Al-Jarida" gazetasi hamda "Q8 Press" elektron nashrida "G‘azo sektoridan 100 nafar bola va ayol O‘zbekistonga davolanish uchun keldi" nomli maqolalar e’lon qilindi.
📰 Maqolalarda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston G‘azo sektoridan kelgan 100 nafarga yaqin falastinlik bolalar va ayollarni o‘z shifoxonalarida bepul davolash uchun qabul qildi.
📌 Nashrlar, shuningdek, O‘zbekiston milliy axborot agentligi xabariga tayangan holda, "Saudiya Arabistonining Ar-Riyoz shahrida bo‘lib o‘tgan Arab-Islom sammitida ishtirok etgan Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z mamlakati urush oqibatlaridan aziyat chekkani falastinlik bolalar va ayollarni O‘zbekiston kasalxonalarida bepul davolashga tayyorligini tasdiqlagan", – deya e’tirof etishgan.
✅ Qayd etilishicha, 26 dekabr kuni O‘zbekiston tomonidan Misrga maxsus samolyot jo‘natilgan hamda 100 nafar falastinlik va ularning hamrohlari Toshkentga yetkazilib, shifoxonalarga yotqizilgan.