Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonning harbiy-sanoat mahsulotlari birinchi marta Abu-Dabidagi ko‘rgazmada namoyish etildi

O‘zbekistonning harbiy-sanoat mahsulotlari birinchi marta Abu-Dabidagi ko‘rgazmada namoyish etildi

Joriy yilning 20 – 24 fevral kunlari Abu-Dabidagi (BAA) ADNEC Milliy ko‘rgazmalar markazida 16-IDEX-2023 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 65 mamlakatdan 1350 ta yetakchi kompaniya qatnashmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida ilk bor ishlab chiqarish korxonalari Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan «VPK AKSUM» mahalliy harbiy-sanoat kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yengil zirhli texnikalar ham namoyish etilmoqda.

O‘zbekistonning harbiy-sanoat mahsulotlari birinchi marta Abu-Dabidagi ko‘rgazmada namoyish etildi

Ko‘rgazma Abu-Dabida 1993 yildan beri har 2 yilda bir marta o‘tkaziladi.

IDEX qurol va xavfsizlik texnologiyalarining eng nufuzli xalqaro ko‘rgazmalaridan biri bo‘lib, BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid al-Naxya homiyligida, hukumat va mamlakat qurolli kuchlari ko‘magida o‘tkaziladi. IDEX har doim qurol va harbiy texnika ishlab chiqaruvchilari va xaridorlarining e’tiborini tortadi.

IDEX – jahonning yetakchi harbiy texnika ishlab chiqaruvchilariga kirish imkonini beruvchi, xalqaro delegasiyalar tashrif buyuradigan va jahon ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlovchi yetakchi platformadir.

IDEX ko‘rgazmasining asosiy profillari: qurollar, elektron himoya vositalari, ballistik tizimlar, radar qurilmalari, telekommunikasiyalar, optik elektronika, o‘q-dorilar, harbiy texnika, minalarga qarshi tizimlar, yerdagi, suv va havodagi himoya tizimlari, muhandislik inshootlari, maxsus jihozlar.

O‘zbekistonning harbiy-sanoat mahsulotlari birinchi marta Abu-Dabidagi ko‘rgazmada namoyish etildi

IDEX ko‘rgazmasi davomida maxsus ko‘rgazma poligonida harbiy texnika namoyishi va turli xil qurollardan o‘q uzish namoyish etiladi.

O‘zbekistonning harbiy-sanoat mahsulotlari birinchi marta Abu-Dabidagi ko‘rgazmada namoyish etildi

Ko‘rgazma dasturi doirasida 21 fevral kuni mamlakatimizning «VPK AKSUM» kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan «AKSUM MAX S» va «AKSUM MAX DS» yengil zirhli avtomashinalari namunalarining ko‘rgazmali chiqishlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning harbiy-sanoat mahsulotlari birinchi marta Abu-Dabidagi ko‘rgazmada namoyish etildi

Chegara xavfsizligi xalqaro maydonda eng ustuvor yo‘nalish bo‘lib, quruqlik va dengiz chegaralari hududlarini himoya qilish va terroristik hujumlar, kontrabanda va qidiruv-qutqaruv operasiyalarini ta’minlashga qarshi turish qobiliyatini namoyish etishga katta mablag‘ sarflaydi.

O‘zbekistonning harbiy-sanoat mahsulotlari birinchi marta Abu-Dabidagi ko‘rgazmada namoyish etildi

Kiritildi: 19:22 22.02.2023. O'qildi: 2833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!