O‘zbekiston delegasiyasi Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zining dastlabki oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Karate bo‘yicha -67 kg vazn toifasida ishtirok etgan Abdulvahob Rashidov musobaqani a’lo darajada o‘tkazib, barcha raqiblarini mag‘lub etdi va chempionlikka erishdi.
Final bahsida hamyurtimiz mezbon Yaponiya sportchisi Yugo Kozaki bilan kuch sinashdi. Rashidov hal qiluvchi bellashuvda g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Shu tariqa, Abdulvahob Rashidov Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegasiyasiga ilk oltin medalni taqdim etgan sportchiga aylandi.