Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonning 11 nafar va Qirg‘izistonning 6 nafar fuqarosi Toshkentga evakuasiya qilindi

A A A
O‘zbekistonning 11 nafar va Qirg‘izistonning 6 nafar fuqarosi Toshkentga evakuasiya qilindi

Turkiyaning Hatay viloyatidagi qidiruv-qutqaruv jarayonlariga jalb etilgan qutqaruvchilarimizdan yaqinda yangi ma’lumotlar kelib tushdi.

Oxirgi soatlar mobaynida O‘zbekiston FVV xodimlari tomonidan halok bo‘lganlar vayronalar ostidan yana chiqarib olindi. Qutqaruvchilarimizning vayronalar ostidan olgan jasadlarining umumiy soni 50 nafarga yetdi. Avval xabar berilganidek, bugun erta tongda O‘zbekistondan navbatdagi insonparvarlik yordami Hatayga yetkazildi.

Mazkur bortning otrga qaytishida vayronkor zilzilada jabrlangan O‘zbekistonning 11 nafar va Qirg‘izistonning 6 nafar fuqarosi Toshkentga evakuasiya qilindi.

Kiritildi: 20:03 09.02.2023. O'qildi: 1757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!