25 yanvardan boshlab Rossiyada O‘zbekiston elchixonasining konsullik bo‘limida va yana Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Rostov-na-Donu va Sankt-Peterburgdagi bosh konsulliklarda eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomani almashtirishni istagan fuqarolarni qabul qilish boshlandi.
Hujjatni almashtirish uchun;
– zagranpasportning yoki «yashil» pasport;
– haydovchilik guvohnoma;
– haydovchilik guvohnomaning taloni kerak bo‘ladi.