Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonlik yigit Google'da ish boshladi

O‘zbekistonlik yigit Google'da ish boshladi

Toshkent shahridagi Inha universitetining SOCIE fakulteti bitiruvchisi Fahriddin Abdurahimov Google kompaniyasida o‘z ish faoliyatini boshladi.

"2023 yil mart oyida men Google veb-sayti orqali dasturiy ta’minot muhandisi lavozimiga ariza topshirdim. Ko‘p o‘tmay, ishga yollovchi men bilan bog‘landi hamda biz 15-20 daqiqa davomida suhbat qildik. Suhbat davomida men o‘zimni tanishtirdim va nima sababdan Google kompaniyasini tanlaganim haqida umumiy ma’lumot berib o‘tdim. Shundan so‘ng, men bilan birinchi rasmiy suhbatni o‘tkazish rejalashtirildi. Umumiy hisobda 5ta suhbat bo‘lib o‘tdi.

Avgust oyida men Google kompaniyasi taklifini qabul qildim va viza olish jarayonlari boshlandi. Bularning barchasi men uchun unutilmas tajriba bo‘ldi.

Ushbu yutuqlarga erishishimda Toshkent shahridagi Inha universitetining hissasi katta deb hisoblayman. Bu yerda men nafaqat do‘stlar orttirdim va fundamental bilimlarni o‘rgandim, balki o‘z sohasining professionallaridan bebaho tajriba va bilimlarga ham ega bo‘ldim.

Dastlab Toshkent shahridagi Inha universitetiga topshirishimga sabab doimo yonimda bo‘lgan, qarorlarimni qo‘llab-quvvatlagan va qiyin damlarda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan ota-onamning maslahatlari turtki bo‘lgan. Har bir ishda oilamning qo‘llab-quvvatlashi mening shaxsiy va kasbiy rivojlanishim uchun mustahkam poydevor bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi", deydi yigit.

Kiritildi: 10:42 10.12.2023. O'qildi: 1132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!