AQShning Las Vegas shahrida o‘tkazilgan North American Open 2025 xalqaro shaxmat turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdumalik Abdusalimov birinchi o‘rinni egalladi. 125 nafar shaxmat ustalari ishtirok etgan musobaqada u 6,5 ochko jamg‘arib, turnir g‘olibiga aylandi.
Ikkinchi o‘rinni eronlik Magami Ehsan, uchinchi o‘rinni hindistonlik Koustav Chatterji qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, turnirda qatnashgan boshqa o‘zbekistonlik shaxmatchilar — Muhammadali Abdurahmonov 6,5 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 5-o‘rinni, xalqaro toifadagi sport ustasi Saidakbar Saidaliyev esa 5,5 ochko bilan 27-o‘rinni egalladi.
Abdumalik Abdusalimov 2560 ochko bilan FIDE reytingida 278-o‘rinni egallab turibdi. U o‘zbekistonlik grossmeysterlar orasida 7-pog‘onada qad etilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilda Javohir Sindorov Hindistonning Goa shahrida o‘tgan Jahon kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, shaxmat toji uchun nomzodlar turniriga yo‘llanma oldi.
Shuningdek, Nodirbek Abdusattorov blis bo‘yicha Jahon chempionatida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bundantashqari Abdusattorov Buyuk Britaniyaning London shahrida o‘tkazilgan London Chess Classic 2025 turnirida g‘olib bo‘ldi.