Xabaringiz bor, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro modalar akademiyasi (AICP) hamkorligida qo‘shma fakultet tashkil etilgan. Ushbu qo‘shma fakultet Markaziy Osiyoda ayni yo‘nalish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan yagona dargoh hisoblanadi.
Xususan 4 dekabr kuni kuni Moda va dizayn kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, AICP bloki rahbari Umida Mo‘minova Parij xalqaro moda akademiyasining eng yuqori 6-darajali modelist diplomi bilan taqdirlandi.
«Institutimizda amalga oshirilayotgan ishlar xalqaro darajada tan olinishi quvonarli hol. Shunday ekan kelgusida safar talabalarimizni erishgan yutuqlari bilan ham tabriklashimizga ishonaman. Boisi oliygohimizda tahsil olayotgan yoshlarning deyarli barchasi iste’dodli. Ularni kashf qilish uchun professorlarimiz va o‘qituvchilarimizning bilim hamda malakalari yetarlicha. Sizlarning yuqori natijalarga erishishingiz uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishlarni amalga oshiramiz», dedi tadbirda institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov.
Prorektorga ko‘ra, OTMda yana bir qo‘shma ta’lim dasturi amalga oshirilmoqda. Hozirda uning qabul jarayonlari davom etmoqda.