Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonlik MMAchi UAE Warriors chempioni bo‘ldi

O‘zbekistonlik MMAchi UAE Warriors chempioni bo‘ldi

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida MMA bo‘yicha UAE Warriors 55 turniri tashkil etildi.

Kechaning markaziy jangida hamyurtimiz Hotambek Boynazarov yarim o‘rta vaznda UAE Warriors chempioni, ozarbayjonlik Tohir Abdullayev bilan jang qildi.

Chempionlik jangi to‘liq 5 raund davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan Hotambek Boynazarov g‘alaba qozonib, yarim o‘rta vazn toifasida UAE Warriors chempioniga aylandi.

Hotambek faoliyatidagi o‘ninchi jangida o‘ninchi g‘alabasiga erishdi. Tohir Abdullayev esa yigirmanchi jangini o‘tkazib, uchinchi mag‘lubiyatini qabul qildi.

Kiritildi: 09:50 23.10.2024. O'qildi: 497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!