Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonlik milliarder “Yil homiysi” mukofotiga sazovor bo‘ldi

A A A
O‘zbekistonlik milliarder “Yil homiysi” mukofotiga sazovor bo‘ldi

Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan qozog‘istonlik milliarder Fattoh Shodiyev Rossiyada “Yil homiysi” mukofotiga sazovor deb topildi. Bu haqda MGIMO universitetning saytida xabar qilindi.

Mukofotni topshirish marosimi Sankt-Peterburgdagi VII Xalqaro madaniyat forumi doirasida bo‘lib o‘tgan. Mukofotni Shodiyevga Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy topshirgan.

Mukofot Rossiyadagi Kabuki teatri truppasi gastrollariga bosh homiylik qilganligi uchun berilgan.

“Yil homiysi” mukofoti Rossiya Madaniyat vazirligi tomonidan ta’sis etilgan, ilk taqdimoti 2014 yili bo‘lib o‘tgan. Mukofotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Rossiya hududida korxona, muassasa, tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslarning madaniyat va san’at sohasidagi xayriya va homiylik faoliyatini faollashtirishdan iborat.

Milliarder  Alisher Usmonov ham 2015 yilda Rossiyada “Yil homiysi” deb topilgan edi.

 

Kiritildi: 14:47 18.11.2019. O'qildi: 3167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!