Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonlik kinorejissyor qisqametrajli "Messi" filmi uchun AQShda o‘qish imkoniyatini yutib oldi

A A A
O‘zbekistonlik kinorejissyor qisqametrajli "Messi" filmi uchun AQShda o‘qish imkoniyatini yutib oldi

Yosh kinorejjisyor Shokir Xoliqov o‘zining "Choy" deb nomlangan qisqa metrajli filmi bilan ko‘plab kinofestivallarda e’tirof etilgandi. Ushbu filmi uchun u 2019 yilda Fransiyaning Kann xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazilgan Entr2 Marches (“2 qadam orasi”) nomidagi imkoniyati cheklangan insonlar haqidagi tanlovda Gran-priga sazovor bo‘lgan. O‘shanda Kann Gran-prisini qo‘lga kiritgan talabaga “O‘zbekkino” serviz sovg‘a qilgandi.

Bu safar yosh rejissyor Qozog‘istonda 2015 yildan beri o‘tkazilib kelinayotgan "48 soat ichida kino" ("Snyat za 48 chasov") kinofestivalida "Messi" deb nomlangan yangi filmi bilan qatnashdi va ikkita mukofotga loyiq topildi. U "Eng yaxshi film" nominasiyasi bo‘yicha Nyu-York kinoakademiyasida o‘qish uchun yo‘llanma va "Eng yaxshi drama" nominasiyasi bo‘yicha diplom va statuetka bilan taqdirlandi. Bu haqda xabardor.uz xabar berdi.

Kiritildi: 14:39 29.10.2021. O'qildi: 3014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!