Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonlik ixtirochi ayol Kanadadagi xalqaro ko‘rgazmada yuqori o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik ixtirochi ayol Kanadadagi xalqaro ko‘rgazmada yuqori o‘rinni egalladi

Kanadaning Toronto shahrida IV Xalqaro ixtirochilar innovasion ko‘rik-tanlovi — “The 4-th International Invention Innovation competition in Sanada, ICAN 2019 Toronto Intenational Society of Innovation and Advanced Skills (TISIAS) ICAN 2019” bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar xizmatining xabar berishicha, mazkur xalqaro ko‘rgazma jahon ilm-fani hamda texnologiyalari sohasida erishilayotgan yutuqlar va yaratilayotgan yangi texnologiyalarni o‘rganish hamda rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilib kelinmoqda. “ICAN — 2019” ko‘rgazmasida ham 50 dan ortiq davlatlardan kelgan 500 dan ziyod ixtirochilar ilmiy texnika va texnologiyalar, oziq-ovqat, tibbiyot, kimyo hamda sanoatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z ixtirolari va innovasion ishlanmalari bilan qatnashdi.

Shunisi diqqatga sazovorki, ilk bor ushbu xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish uchun o‘zbekistonlik olima ayol Parahat Matyakubova O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan yuborildi. U “Donni saqlash va qayta ishlash jarayonida dielektrik nam o‘lchagich dasturiy ta’minoti” mavzuida olib borgan ilmiy izlanishlari yuzasidan erishgan yutuqlarini namoyish qildi.

O‘zbekistonlik olima ayol, texnika fanlari doktori, professor Parahat Matyakubovaning bu ixtirosi xalqaro ekspertlar tomonidan yuksak baholandi. O‘zbekistonlik olima “Toronta Intenational Society of Innovation and Advanced Skills (TISIAS)” tanlovida “ICAN 2019” — “The Finals” nominasiyasi bo‘yicha “Ixtirochi mutaxassis maxsus sovrini” hamda oltin medal bilan taqdirlandi.

Kiritildi: 06:30 03.09.2019. O'qildi: 1675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!