Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonlik hakamlar Ronaldu ishtirokidagi o‘yinida ishlaydi

O‘zbekistonlik hakamlar Ronaldu ishtirokidagi o‘yinida ishlaydi

19 aprel sanasida Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasi chorak final bosqichidan o‘rin olgan "Al-Vasl" (BAA) — "An-Nasr" (Saudiya Arabistoni) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahsda o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi faoliyat olib boradi.

Bosh hakam sifatida Rustam Lutfullin, yordamchi hakamlar sifatida Akmal G‘iyosov va Sanjar Shoyusupov ishlaydi. VAR hakami — Ahrol Risqullayev.

Shuningdek, 22–30 aprel kunlari Xitoyda sohil futboli bo‘yicha Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etadi.

O‘zbekistonlik hakamlar Ronaldu ishtirokidagi o‘yinida ishlaydi

Musobaqada Naim Qosimov bosh hakam sifatida uchrashuvlarni boshqarib borsa, Baxtiyor Namozov hakamlar instruktori sifatida faoliyat yuritadi.

Kiritildi: Bugun 08:43. O'qildi: 225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!