Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonlik futbolchi harakat qiladigan jamoa Qozog‘iston chempioniga aylandi!

A A A
O‘zbekistonlik futbolchi harakat qiladigan jamoa Qozog‘iston chempioniga aylandi!

«Qayrat» Qozog‘iston chempioni bo‘ldi.

Olmaota klubi so‘nggi turda «Atirau»ni mag‘lub etdi (1:0) va mamlakat chempioniga aylandi.

«Qayrat» 24 turda 47 ochko jamg‘arib, «Astana»ni bir ochkoga ortda qoldirdi.

«Qayrat» 4-bor Qozog‘istonning tengsiz klubiga aylandi. Jamoa bungacha 1992, 2004 va 2020 yillarda ham ligada g‘olib chiqqan.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik himoyachi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev chempion jamoa safida hal qiluvchi bahsda ham maydogga tushdi. Umuman esa 23 yoshli futbolchi mavsumda 17 o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi.

O‘zbekistonlik futbolchilar Shahboz Umarov va Jasur Yaxshiboyev o‘ynaydigan amaldagi chempion — «Ordabasi» 4-o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 23:40 10.11.2024. O'qildi: 985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!