Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonlik 44 nafar fuqaro Rossiyada nima ish qilishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik 44 nafar fuqaro Rossiyada nima ish qilishi ma’lum bo‘ldi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan pandemiya sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni turli xorijiy davlatlarga ishga jalb qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Buning natijasida rossiyalik ish beruvchilar va mas’ul tashkilotlar bilan kelishgan holda ko‘plab fuqarolarimiz Rossiya Federasiyasiga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilmoqda.

Jumladan, Rossiya Federasiyasining baliq mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan “YUJMORRIBFLOT” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan imzolangan kelishuvga muvofiq, viloyatlarda o‘tkazilgan tanlovlarda ishtirok etib, tibbiy ko‘riklardan muvaffaqiyatli o‘tgan 44 nafar fuqaro bugun Tula viloyatida vaqtincha mehat faoliyatini amalga oshirish uchun Toshkent-Moskva aviareysi orqali tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketdi.

Mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tarqatma materiallar berildi.

Kiritildi: 14:20 10.06.2021. O'qildi: 3727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!