Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonga xizmat safari bilan kelgan erkak Rossiyada davlatga xiyonat qilishda ayblanmoqda

O‘zbekistonga xizmat safari bilan kelgan erkak Rossiyada davlatga xiyonat qilishda ayblanmoqda

O‘zbekistonga xizmat safari bilan kelib, so‘ng bedarak yo‘qolgan rossiyalik Moskva sudida paydo bo‘ldi. U davlatga xiyonat ishi bo‘yicha hibsga olingan. Bu haqda Mediazona yozmoqda.

Unda aytilishicha, Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan so‘ng Georgiy Pirogov ismli shaxs Rossiyani tark etgan va Gruziyada sanoat alpinisti bo‘lib ishlayotgan bo‘lgan.

6 iyul kuni esa O‘zbekistonning Qo‘ng‘irot shahriga xizmat safari bilan kelib, so‘ng to‘satdan g‘oyib bo‘lgan. Tez orada qidiruvga berilgan Pirogovning mashinasi Qo‘ng‘irotdan 90 kilometr uzoqlikda joylashgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti Nukus shahridan topiladi. Ammo uning o‘zi Rossiya poytaxti Moskvada ekani xabar qilinadi.

Uning O‘zbekistondan Rossiyaga qanday qilib kelib qolgani, kim qo‘lga olgani hali noma’lum.

Kiritildi: 15:47 10.07.2024. O'qildi: 1501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!