Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonga Xitoydan sport tibbiyoti bo‘yicha mutaxassislar tashrif buyuradi

A A A
O‘zbekistonga Xitoydan sport tibbiyoti bo‘yicha mutaxassislar tashrif buyuradi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov xizmat safari bilan Xitoyda bo‘lib turibdi. Bugun Jasur Matchanov Xitoy Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Keking Song bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustaxkamlash, tajriba almashish, mutaxassislar, jumladan sport tibbiyoti mutaxassilari bo‘yicha o‘zaro fikr almashishdi.

Unda an’anaviy tibbiyotni O‘zbekistonda ham rivojlantirish, Xitoydan mutaxassislarni jalb qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni talab yuqori bo‘lgan mutaxassislar ro‘yxatini taqdim etadi. O‘z navbatida xitoylik mutaxassislar yurtimizga tashrif buyurib, bu borada o‘zlarining maslahatlarini beradilar.

Shuningdek, Xitoy Olimpiya qo‘mitasidan O‘zbekistonga sportni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchi olib kelish borasida kelishuvga erishildi.

Manba: gazeta.uz

Kiritildi: 23:06 09.08.2018. O'qildi: 1372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!