Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqini beradigan «Vatandosh kartasi» joriy qilinadi

O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqini beradigan «Vatandosh kartasi» joriy qilinadi

O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlarga «Vatandosh» guvohnomasini va «Vatandosh» kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi belgilandi.

Bu borada Prezidentning PQ-397-son qarori bilan tegishli Nizom tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, «Vatandosh» guvohnomasi — xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni rag‘batlantirish shakli bo‘lib, O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, mamlakatning boshqa davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan, respublikada xayriya (mesenatlik) faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarga minnatdorchilik va tashakkur belgisi hamda «Vatandosh» kartasini olish uchun asos hisoblanadigan hujjat.

Vazirlik va idoralar tomonidan taklif va tashabbus asosida guvohnoma berish bo‘yicha taqdim etilgan nomzodlarni ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga tavsiyanoma kiritiladi.

«Vatandosh» kartasi esa guvohnoma asosida 5 yil muddatga (vatandosh milliy pasportining amal qilish sanasidan oshmagan holda) beriladigan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi ID karta shaklidagi hujjat hisoblanadi.

Kartaga ega vatandoshlarga quyidagi huquqlar beriladi:

  • O‘zbekiston Respublikasiga hududiga vizasiz kirish va chiqish;
  • mamlakat hududida ko‘chmas mulk sotib olishda chet el fuqarolariga nisbatan belgilangan ko‘chmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi;
  • xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan shartlarda tibbiy, ta’lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish.

Karta egalarining oila a’zolariga (ota-onasi, er (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari) quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • amaldagi viza muddatini uzaytirishda O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik viza olish;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy, ta’lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish;
  • vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni davlat boji undirilmasdan ichki ishlar organlarida rasmiylashtirish va uzaytirish.
Kiritildi: Bugun 12:28. O'qildi: 353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!