Bu haqda AQSh Pentagon rasmiy vakili Sabrina Singx ma’lum qildi.
"RS-26 “Rubej” o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketa bo‘lib, yadro kallagini tashishga qodir hisoblanadi. U alohida jangovar kallaklar bilan jihozlangan. Taxminlarga ko‘ra, raketani ishlab chiqish 2006 yilda boshlangan va uning birinchi sinovi 2011 yilda bo‘lib o‘tkazilgan", deb yozadi Defense Express.
Nashrning qayd etishicha, Rossiya RS-26 “Rubej”ni yashirin tarzda ishlab chiqqan, chunki bunday raketaning yaratilishi “O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish” bo‘yicha Rossiya-Amerika shartnomasini buzish hisoblanadi. Ushbu shartnoma esa raketa ishlab chiqilganidan bir necha yil o‘tib, 2019 yilda bekor qilingan.