Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonga o‘qotar qurol olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

O‘zbekistonga o‘qotar qurol olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Kecha, 17 sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan O‘zbekistonga o‘qotar qurol olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ekaterinburg – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaroning bir dona yashil rangli yo‘l sumkasi tegishli tartibda tekshirilganida uning ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz bo‘lgan 1 dona STALKER pnevmatik to‘pponchasi hamda 860 dona o‘q chiqqan.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 09:55 18.09.2024. O'qildi: 434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!