Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonga Misrdan “S” gepatitiga qarshi dori vositalarining uchinchi partiyasi yetib keldi

O‘zbekistonga Misrdan “S” gepatitiga qarshi dori vositalarining uchinchi partiyasi yetib keldi

Misr hukumati tomonidan beg‘araz taqdim etilgan "S" gepatitiga qarshi dori vositalarining uchinchi partiyasi O‘zbekistonga yetkazib berildi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.

Umumiy qiymati 114,829 ming dollar bo‘lgan 28 dona qutidagi 7440 dona "S" gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositasining bu yildagi uchinchi partiyasi Sharm ash-Shayxdan Toshkentga "UzAirways" aviakompaniyasi ko‘magida olib kelindi.

Mazkur dori vositalari Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga taqdim etiladi va ular shifotalab bemorlar o‘rtasida taqsimlanadi.

O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Misr hukumati tomonidan 2023-2024 yillar davomida ushbu virusiga qarshi vazni 12,4 tonna bo‘lgan "Daclatasvir" va "Sofosbuvir" dori vositalarining 27 ta partiyasi mamlakatga yetkazib berilgan. Mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 1,4 million dollarni tashkil etadi.

Kiritildi: 21:42 15.06.2025. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!