Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar B.K. va A.N. xorijiy davlat fuqarosi A.S.ning ishonchiga kirib, uning tanishi A.H. va oila a’zolariga O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini tanishlari yordamida 12 000 AQSh dollari evaziga rasmiylashtirib berishni va’da qilishib, oldindan 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:12 19.09.2023. O'qildi: 1405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!