Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonga kirib kelayotgan avtobus g‘ildiraklari orasidan 1,8 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi

O‘zbekistonga kirib kelayotgan avtobus g‘ildiraklari orasidan 1,8 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi

Toshkent viloyatida 1 mlrd 770 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini avtobusda yashirincha olib kirish holati aniqlandi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan DXX Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda, mamlakatga o‘tish uchun fuqaro boshqaruvida kirib kelgan avtobus belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Shunda avtobusning qo‘shimcha g‘ildiragining ichki qismida xufiyona yashirilgan taxminiy qiymati 1 mlrd 770 mln so‘mlik 59 kg zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Amaldagi tartiblarga muvofiq, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona to‘lovlarisiz, yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatgan holda umumiy og‘irligi 65 grammdan ko‘p bo‘lmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini olib kirishlari mumkin.

Kiritildi: 18:04 23.05.2024. O'qildi: 739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!