Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistondan Germaniyaga 40 ming hamshira, Yaponiyaga 15 ming mutaxassis jalb etiladi

O‘zbekistondan Germaniyaga 40 ming hamshira, Yaponiyaga 15 ming mutaxassis jalb etiladi

Prezident migrasiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Ta’kidlanishicha, hozirda 1,2 mln nafar o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilmoqda. Shu bilan birga, Germaniya, Yaponiya, Koreya va boshqa davlatlarda 100 mingdan ortiq malakali kadrlarga ehtiyoj mavjud.

Shu bois, xorijiy kompaniyalar bilan “kasb plyus til” tamoyili asosida qo‘shma ta’lim loyihalari yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu loyihalar doirasida hozirda 8,5 ming fuqaro tahsil olmoqda, ularning 3 ming nafari allaqachon ishga joylashgan.

Endilikda bunday loyihalar sonini 20 taga yetkazish, o‘qitish qamrovini 50%ga kengaytirish va 10 ming nafardan oshirish rejalashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 08:54. O'qildi: 319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!