Xorijga chiqish uchun taqiq borligini 3 ta yo‘l bilan tekshirish mumkin:
▪️YAIDXP (my.gov.uz) dan:
▪️Majburiy ijro byurosi saytidan;
▪️MIBning maxsus Telegram botidan (@mibuzbot).
Telegram bot orqali tekshirish eng osoni:
1. Messenjer orqali botni ishga tushirasiz;
2. “Ijro hujjatlari” tugmasiga bosasiz;
3. Pasport seriya va raqamini kiritasiz (masalan: AA1234567);
4. Tug‘ilgan kuningizni kiritasiz (masalan: 20.02.2000);
5. Bot sizga nomingizda ijro hujjati bor-yo‘qligini ko‘rsatadi.