Trade Engine System kompaniyasi 17-sanksiya paketiga kiritilgan. Kompaniya elektron va telekommunikasiya uskunalari va ehtiyot qismlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadi.
Sanksiya ro‘yxatiga O‘zbekistonning Alfa Beta Creative LLC, GFK Logistics Asia LLC, Mvizion LLC va UZSTANEX LLC kompaniyalari ham kiritilgan.
O‘zbekistonning qator kompaniyalari va tadbirkorlari ham AQSh Moliya vazirligi tomonidan sanksiyalar ostida. Xususan, Ohangaransement va Alisher Usmonovning USM kompaniyasi vakillari.
Oxangarancement ham Ukrainaning sanksiyalar ro‘yxatidan joy olgan. Ushbu kompaniyadan tashqari Ukraina ro‘yxatidan qurilish texnikasini ijaraga beruvchi “Mercury Renaissance”, yog‘och xamiri va sellyuloza ishlab chiqaruvchi “Xom ashyo sellyuloza” va “Farg‘ona kimyo zavodi” korxonalari ham bor. O‘zbekiston va Rossiya ikki fuqaroligiga ega, Mercury Renaissance asoschilaridan biri Rustam Mo‘minovga nisbatan Ukrainaning shaxsiy sanksiyalari joriy etildi.