Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistondan 71 kishidan iborat qo‘shimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari guruhi Gaziyantepga yetib bordi

A A A
O‘zbekistondan 71 kishidan iborat qo‘shimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari guruhi Gaziyantepga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan mamlakatimiz maxsus borti halokatli zilzilalar natijasida jabrlanganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish maqsadida Gaziyantep shahriga (Turkiya) yetib keldi.

Bortda umumiy soni 71 kishidan iborat qo‘shimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari guruhi bilan bir qatorda, navbatdagi gumanitar yordam partiyasi ham yetkazildi.

Jabrlanganlarga yordam berish maqsadida Mudofaa vazirligi tibbiy otryadining 50 nafar xodimi xizmat qiladigan bir gektar maydonga to‘qqizta alohida bo‘linmadan iborat ko‘chma shifoxona majmuasini joylashtirish rejalashtirilgan. Ushbu dala shifoxonasi O‘zbekistondan keltirilgan barcha zarur tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar bilan to‘liq ta’minlanadi.

Kiritildi: 11:29 09.02.2023. O'qildi: 2038 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!