Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistondagi yog‘och o‘ymakor usta Ortiq Fayzullayev 90 yoshda vafot etdi

O‘zbekistondagi yog‘och o‘ymakor usta Ortiq Fayzullayev 90 yoshda vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faxriy a’zosi, yog‘och o‘ymakor usta Ortiq Fayzullayev 90 yoshda vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Axborot xizmati xabar berdi.

Marhum rassom dastlab 1957 yilda Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini hamda 1969 yilda Toshkent pedagokika institutining rasm-chizmachilik bo‘limini tugatgan. Ish faoliyatini 1962 yildan Benkov nomidagi rassomlik bilim yurtida pedagog sifatida boshlagan.

Shunindek, Ortiq Fayzullayev o‘zbek ustalari orasida suyak o‘ymakorligi bilan shug‘ullangan yagona usta bo‘lgan. “Cho‘pon”, “Lazgi o‘yini”, “Kurant”, “Navoiy haykali”, “Paxta o‘yini” va boshqa asarlari ko‘rgazmalarda namoyish etilgan, sovrinlar bilan taqdirlangan.

Rassomning asarlari badiiy o‘z davrida yetukligi, mazmunan teranligi, usulining yuksakligi bilan ajralib turadi. U yog‘och o‘ymakorligi an’analaridan keng foydalanib, zamon ruhiga monand o‘ziga xos yangi jilo va bezaklar yordamida turli o‘ymakorlik namunalarini yaratgan.

Ortiq Fayzullayev Toshkent shahridagi mashhur binolarni an’anaviy bezashda faol qatnashgan. Shuningdek, u 2003 yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi oltin medali bilan mukofotlangan.

Kiritildi: 19:27 31.05.2023. O'qildi: 4084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!