2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi muzeylar soni jami 134 tani tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan taqqoslaganda (2021-yilda 127 ta) 7 taga ko‘paygan.
Mamlakatimizdagi eng ko‘p tashrif buyuruvchilarga ega bo‘lgan top 5 ta muzeylar:
Registon ansambli – 1028,0 ming kishi.
Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasi – 827,2 ming kishi.
Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi – 704,5 ming kishi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi tarkibidagi Shon-sharaf davlat muzeyi – 627,3 ming kishi.
Xiva Ichan qal’a davlat muzey qo‘riqxonasi – 403,1 ming kishi.