Termiz hayvonot bog‘ida ikkita noyob jonivordan nasl olindi.
Asosan Shimoli-sharqiy Afrikada uchraydigan Afrika yoldor qo‘yi qo‘ziladi. Ushbu noyob juft tuyoqlilar turkumiga mansub hayvon 12-17 yil yashaydi. Qo‘ylarning bu turi oila bo‘lib yashaydi. O‘t-o‘lanlar, o‘simliklar bilan oziqlanadi.
Yana bir noyob hayvon – O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro tog‘ qo‘yi ham bolaladi. Bu noyob tur O‘zbekiston dashtlarida uchraydi. U 12-15 yil umr ko‘radi.